Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Po‘lat Bobojonov Xorazmda ichki ishlar tizimidagi 6 nafar rahbarni ishdan bo‘shatdi

Po‘lat Bobojonov Xorazmda ichki ishlar tizimidagi 6 nafar rahbarni ishdan bo‘shatdi

Foto: «iiv.uz»

Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh joriy yilning 12-16-avgust kunlari Xorazm viloyatining shahar va tuman ichki ishlar organlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasida o‘rganishlar olib borib, ularning yakuni bo‘yicha har bir tarkibiy tuzilma va xodimlar faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Muhokamalar davomida egallab turgan lavozimiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgan, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘laqonli anglab yetmasdan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan, eskicha ish uslubida xizmat qilayotgan, o‘z ustida ishlamasdan, fuqarolarning manfaati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatmagan Yangibozor tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi J.Piryazov, IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Y.Ahmedov, Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i I.Salayev, Urganch tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Jumanazarov, Qo‘shko‘pir tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Hasanov, Yangiariq tumani IIB boshlig‘ining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari X.Nurmetovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.

Shuningdek, faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar, xizmat vazifalarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashmagan qator rahbar va xodimlarga turli darajadagi intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring