Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri boshqa lavozimga tayinlandi

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri boshqa lavozimga tayinlandi

Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, vazirlik huzuridagi akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirugiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining direktori lavozimiga Ismailov Saydimurad Ibragimovich tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

U 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot) institutini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi  akademiyasini tamomlagan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Saydimurad Ismailov ko‘p yillar davomida tibbiyot sohasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, 17-sonli shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori o‘rinbosari, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmatining sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari guruhi bosh konsultanti lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovdan avval esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘linmasi sho‘’ba mudiri lavozimini egallab kelgan.

Bundan tashqari, ushbu tibbiyot muassasasida direktor lavozimida ishlab kelayotgan akademik Nazirov Feruz Gafurovich markaz direktorining maslahatchisi lavozimiga o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring