Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident administratsiyasida ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Prezident administratsiyasida ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

28 dekabr kuni AOKAda ma’muriy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha prezident farmoni va qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha qator vazirlik, idora xodimlari bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda adliya vaziri Akbar Toshqulov «Barcha vazirlik, idoralar qisqartirilayotgan bir vaqtda, Prezident administratsiyasi ham qisqartiriladimi?» degan savolga javob berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

Vazirning ta’kidlashicha, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi bilan bu masalada ham o‘zgarish bo‘ladi.

«Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilyapti. Konstitutsiyada ham, butun davlatchilik tizimida ham ma’lum bir islohotlar bor. 3 ta hokimiyatni oladigan bo‘lsak: mana, ijro hokimiyatida aniq islohotlar bo‘lyapti, bu parlamentga ham, administratsiyaga ham ta’sirini o‘tkazadi. O‘z navbatida, sud hokimiyatida ham mana shunday islohot ketyapti. Biz faqat ijro hokimiyatidagi islohotlarni ko‘rib, boshqa hokimiyat tizimida bunday bo‘lmaydi, deyishimiz xato. Hozir muhokama qilayotgan farmonimiz ham aynan ijro hokimiyatiga tegishli alohida masala, shuning uchun bu ham alohida ko‘riladi.

Vazirlar Mahkamasi o‘zgardi, hukumat o‘zgardi, undan keyin «tepasi» ham o‘zgarishi kerak-ku. Yo‘nalishlar bo‘yicha administratsiyada ham bo‘limlar bor edi, o‘sha mexanizm o‘zgarganidan keyin, «tepa» ham o‘zgarishi o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi», dedi adliya vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan boshlab hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring