Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident andijonliklar bilan muloqot qildi

Prezident andijonliklar bilan muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Viloyatda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilda 271 ta ko‘p qavatli, shuningdek, ipoteka asosida 2 ming 500 ta yakka tartibdagi uylar qurilmoqda. Shulardan 2 ming 710 ta xonadonga subsidiya ajratiladi.

Bu yil 460 kilometr ichimlik suvi, 1 ming 147 kilometr elektr uzatish tarmoqlari qurilishi va ta’mirlanishi qayd etildi.

Ta’lim, tibbiyot sohalarida ham xayrli ishlar ko‘p. Bu yil 30 ta maktab ta’mirlanadi. Matematika, kimyo-biologiya, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 13 ta maktab faoliyati tashkil etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

4 ta oilaviy poliklinika va 9 ta oilaviy shifokorlik punkti tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Viloyatda 1 million 500 ming aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jumladan, 300 mingdan ortiq ayollarni mammografik va ultratovush tekshiruvlaridan o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Murakkab operatsiyalarga muhtoj, ehtiyojmand aholiga yordam berish bo‘yicha viloyatda maxsus jamg‘arma tashkil etish tashabbusi bildirildi.

Yoshlar va ayollar muammolarini tizimli hal qilish, ularni kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokim va sektor rahbarlari hisobot berdi. Shahar va tuman studiyalaridagi aholi bilan ochiq muloqot bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring