Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Prezident bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning  «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida» farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, «Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida» quyidagilar mukofotlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Annaklicheva Gulistan Axmedovna - «Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bag‘ishova Bilimxon Alimbekovna - Chortoq tumanidagi «Soz-soy» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati

Jo‘raqulova Rano Muhamedjanovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatrining drama artisti

Raximova Guloro - Xorazm viloyati musiqali drama teatrining yetakchi sahna ustasi

Raximova Rayxon Abdurasulovna - Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi direktori

Egamberdiyeva Turgunoy Axamadjonovna - Farg‘ona davlat universitetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Aymuratova Liza Aytmuratovna - «Quo‘anish jarma» irrigatsiya tizimi boshqarmasi muhandis-gidrotexnigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Aslonova Emma Sergeyevna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi

Axmedova Maxsuma To‘xtamurodovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Baxramova Rizvon Axrorovna - Buxoro viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Voxidova Matlubaxon Manonovna - So‘x tumanidagi «Mulki Bovohid» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Djakeyeva Zamira Derbisovna - Tomdi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, Navoiy viloyati

Djuraliyeva Azamat Turayevna - Termiz tumanidagi «Temur bobo» fermer xo‘jaligi agronomi, Surxondaryo viloyati

Do‘liboyeva Barchinoy Abdurasulovna - Baxmal tumanidagi «Barlos» folklor jamoasi badiiy rahbari, Jizzax viloyati

Yesimxanova Regina Aleksandrovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent yuk vagon deposi vagon yig‘uv sexi kran mashinisti

Zyangurova Ruzaliya Shafkatovna - Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

Iskandarova Roza Raxmanovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya pedagogikasi kafedrasi dotsenti

Kayumova Malikaxon Abduraximovna - Pop tumanidagi «Papfen» mas’uliyati cheklangan jamiyati operatori, Namangan viloyati

Muradova Gulzira Sariyevna - Mirishkor tumanidagi «Yangi Mirishkor agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati

Sergeyeva Yuliya Vladimirovna - O‘rta Chirchiq tumanidagi «Kim Pen Xva chorva» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Xamroyeva Gulnoza Mamatmuratovna - Pastdarg‘om tumanidagi 8-oilaviy bolalar uyi rahbari, Samarqand viloyati

Xodjayeva Sayyora Ataxanovna - Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori

Sherova Saodat Otajanovna  - Shovot tumanidagi «Shovot qal’a bioservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Ergaziyeva Mayramxon Satvoldiyevna - «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, do‘ppido‘z

Yagafarova Nailya Munirovna - «12-trest» aksiyadorlik jamiyatining arxitektorlar va dizaynerlar bo‘limi yetakchi arxitektori, Toshkent shahri

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Bafoyeva Sidiqa Xamroyevna - Kogon shahridagi «Arabxona» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati

Norbayeva Zevarjon Tangriberganovna - Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Tashmatova Zulfiya Azizovna - Chilonzor tumanidagi «Ko‘rkam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Buriyeva Sharofat - Paxtachi tumanidagi «Hakimqul» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati

Normurodova Ma’rifat Egamurodovna - Sherobod tumanidagi «Euro Med Plus» diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo viloyati

Xolboyeva Gulnoz Baxadirovna - Toshkent shahri tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi anesteziolog- reanimatologi

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Azimova Rano Ismailjanovna - Xonobod shahridagi «Kampirrovot» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Andijon viloyati

Xalikova Olga Andreyevna - Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Imamova Yulduz Allanazarovna - Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Surxondaryo viloyati

Rasulova Gulbaxor Obidovna - Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining 2-ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Jizzax viloyati

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Atadjanova Dildora Adilbek qizi - Sergeli tumanidagi «Dalatech Systems» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Mamatmo‘minova Iqbol Erkin qizi - Sho‘rchi tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Surxondaryo viloyati

Mashrabova Muxlisa Alijon qizi - Andijon davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi, Andijon viloyati

Xudoyberdiyeva Malika Valijon qizi - Uchquduq tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Navoiy viloyati

 

«Shuhrat» medali bilan

Abdug‘ofurova Feruzaxon Tojimatovna - Buloqboshi tumanidagi «To‘lan fayz» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Abdukarimova Saodat Jumanazarovna - Yangiariq tumani «Yangiariq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Xorazm viloyati

Ametova Gauxar Gulmuratovna - «Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining bo‘lim muhandisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Atoyeva Rahima Kamolovna - Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Buxoro viloyati

Achilova Firuza Kurbanovna - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali logistikada axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, Qashqadaryo viloyati

Bobokulova Gulnora Normatovna - Jizzax shahridagi «Zilol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati

Giyozova Inobat Sulaymonovna - Parkent tumanidagi «Kumushkon saxovati» oilaviy turizm korxonasi direktori, Toshkent viloyati

Dulabova Nafisa Yusupovna - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining regional va rudali geologiya bo‘limi boshlig‘i

Jumanazarova Gulchexira Jumaxmetovna - Kegeyli tumani «Xalqobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ismoilova Mamlakat Norqulovna - «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining markaziy ta’mirlash sexi kran mashinisti, Navoiy viloyati

Israilova Buayshaxon Abdurasulovna - Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uchkurgan Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «John Deere» paxta terim kombayni mexanizatori, Namangan viloyati

Ishonqulova Dilrabo Sayfiyevna - Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilmasi kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati

Karimberdiyeva Dilbar Ziyatdinovna - To‘rtko‘l tumanidagi «Ayaz yurt» oilaviy turizm korxonasi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Koshipjonova Uktamxon Salimovna - Toshloq tumanidagi «Zamin Aziya Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

Kurbanova Munavvara Abdujabbarovna - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi dotsenti

Kuchkarova Sayyora Yuldashevna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodi velslash sexi shixtalovchisi, Toshkent viloyati

Qodirova Nodira G‘ofurovna - Rishton tumanidagi «Olimjon Ilyosbek» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Mirmaxsudova Tamara Narkulovna - O‘zbekiston davlat drama teatrining drama artisti

Negmatova Ulugoy Musanovna - Sardoba tumani telekommunikatsiya bog‘lamasining stansiya inshootlari guruhi aloqa elektr mexanigi, Sirdaryo viloyati

Nuriddinova Manzura Toshqulovna - «Navoiyuran» davlat korxonasining «Uchquduq» ishlab chiqarish maydoni geotexnologik koni apparatchisi, Navoiy viloyati

Patxitdinova Shaxnaza Abdaliyevna - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Primova Xolida Anorboyevna - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali axborot texnologiyalari kafedrasi professori, Samarqand viloyati

Pulatova Saboxat Usmanovna - Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Ruziyeva Dilorom Muxitdinovna - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, zardo‘z

Soxibova Xusniobod Maxammadovna - Asaka tumanidagi 16-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Supiyeva Ziyoda Mirxakimovna - Shayxontohur tumanidagi «Lotus Gaz Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyatining minorali kran mashinisti, Toshkent shahri

Toshmatova Xakimaxon Raximjonovna - Namangan shahridagi «Mega Star Flowers» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

To‘ychiyeva Shoxista Xolboyevna - Nurota tumanidagi «Nurota qorako‘l naslchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Navoiy viloyati

Turayeva Qunduz Xaitovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasi katta elektr mexanigi, Qashqadaryo viloyati

Xudaynazarova Maloxat Juramuradovna - Yangiyer shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi farroshi, Sirdaryo viloyati

Shamalikova Dilfuza Shayunusovna - «G‘uncha» jurnali bosh muharriri

Shukurova Etibar Mirazizovna - Toshkent shahri obodonlashtirish bosh boshqarmasining markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasi ishchisi

Egamberdiyeva Xurshida Primkulovna - Boyovut tumanidagi «Ibrat asademy» o‘quv markazi rahbari, Sirdaryo viloyati

Yulborsova Motluba Omonovna - «O‘zyo‘lko‘prik» klasterining Farg‘ona viloyati filiali yo‘l bo‘limi ishchisi

Yakubova Sharapat Mannonovna - Sharof Rashidov tumani obodonlashtirish boshqarmasi hudud tozalovchisi, Jizzax viloyati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring