Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Farg‘onaga doir qaror imzolashi mumkin

Prezident Farg‘onaga doir qaror imzolashi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Farg‘ona viloyatida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, «Farg‘ona viloyatida suvdan samarali foydalanish darajasini oshirish jamg‘armasi» tashil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari Farg‘ona vilotida irrigatsiya tizimlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish, suv xo‘jaligi  irrigatsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ularni ta’mirlash-tiklash, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, suv xo‘jaligi ob’yektlarida boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirish tadbirlariga yo‘naltiriladi.

Qayd etilishicha, jamg‘armaga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 25 million AQSh dollari ekvivalentida so‘mda kredit ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur kredit 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR + 3 foizda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarning manzilli ro‘yxatlariga muvofiq bosqichma-bosqich ajratiladi.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 29 sanasiga qadar ochiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring