Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Qoraqalpog‘istonga oid yangi farmonga imzo chekdi

Prezident Qoraqalpog‘istonga oid yangi farmonga imzo chekdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3-iyuldan 2-avgustgacha favqulodda holat joriy etilib, bir qator chora va vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.

Favqulodda holat amal qilishi davrida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kuchlari va vositalari qo‘shimcha ravishda jalb etiladi.

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun aniq tahdid, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga hujum qilish, ularning qurol va texnikasini egallab olish holatlarini inobatga olib, shuningdek, O‘zbekistonning «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasiga muvofiq Mudofaa vazirligi kuch va vositalari quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladi:

  • favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini ta’minlash;
  • aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi ob’yektlarni hamda insonlarning hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, atrof-muhit uchun yuqori xavf tug‘diradigan ob’yektlarni muhofaza qilish;
  • qurol, jangovar va maxsus texnika qo‘llanilgan holda zo‘ravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish;
  • qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qo‘yishda ishtirok etish;
  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish.

Farmonga ko‘ra, favqulodda holat rejimi sharoitida o‘rnatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul etib Qoraqalpog‘iston hududi komendaturasi, O‘zbekiston IIV, Milliy gvardiya, DXX, FVV, shuningdek, O‘zbekistonning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalari belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring