Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yangi qaror qabul qildi

Prezident yangi qaror qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining zamonaviy bosqichida yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun amalga oshirilayotgan shiddatli va keng ko‘lamli islohotlar jarayonida mamlakatimiz oldida turgan ustuvor, strategik va dolzarb vazifalarni tezkor hal qilishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish, vazifalari va vakolatlarini aniq belgilash, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligi hamda maqsadli vazifalarga erishilishining asosiy mezonlari orqali baholashning yangi tizimini joriy etish maqsadida:

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining e’tibori ularga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan hamda o‘zlarining birinchi rahbarlari tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka, sansalorlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga qaratiladi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgardir hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi doirasida:

davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati ko‘rsatkichlari har yil yakuni bo‘yicha keyingi yilning 10-yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlangan baholashning asosiy mezonlariga muvofiq davlat boshqaruvi organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyati har chorak yakuni bo‘yicha kollegial organ yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi. Bunda, rahbar o‘rinbosarlari tomonidan faoliyat ko‘rsatkichlari ijrosi 70 foizdan kam ta’minlanganda – «qoniqarsiz», 71 foizdan 90 foizgacha – «qoniqarli», 91 foizdan 99 foizgacha – «yaxshi» hamda 100 foiz va undan yuqori bo‘lganda «a’lo» deb baholanadi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyatining ko‘rsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platformani ishga tushiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring