Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning yangi farmoni tayyorlandi. Ipoteka bo‘yicha 45 mingta uy-joylar quriladi

Prezidentning yangi farmoni tayyorlandi. Ipoteka bo‘yicha 45 mingta uy-joylar quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda o‘tkazilayotgan selektor yig‘ilishida aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi farmon tayyorlanganini aytib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Ushbu farmonda aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta’minlash va bu borada ularning tanlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Joriy yilda 54 ming oilalarni uy-joy bilan ta’minlash zarur. Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p uy-joylar quriladi.

Shundan:

  • «Qishloq qurilish invest» va «Shahar qurilish invest» tomonidan 12 mingta;
  • yangi tartib bo‘yicha Moliya vazirligi tijorat banklariga joylashtiradigan resurslar hisobiga 26,5 mingta kvartira;
  • har bir viloyatda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 500 tadan, jami 6,5 mingta oilaga kredit ajratiladi.

Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilishi boshlangan 8 mingta kvartira joriy yilda foydalanishga topshiriladi, — dedi Prezident.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan oilalarga alohida e’tibor beriladi. Ular uchun «ijtimoiy uy-joylar» quriladi va ijara asosida ajratiladi. Mingta oilaga, xususan qiynalib qolgan ayollarga «ijtimoiy uy-joylar» ijaraga beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring