Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror «iltimos, yozmang», degandi. Biroq...

Prokuror «iltimos, yozmang», degandi. Biroq...

Chirchiq shahar prokurori B.Ibrohimov «Iltimo-os, yozmang» mazmunida gapirgan ekan. Yo‘q, baribir yozgimiz keldi. Minnat emas, ibrat uchun ham yozish kerakday...

Xullas, kuni kecha Chirchiq shahridagi «O‘zbegim» to‘yxonasida fayzligina tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirki, shahar prokurori  tashabbusi bilan 81 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari hamda  14-sonli «Mehribonlik uyi»ning 6 nafar tarbiyalanuvchisining «Sunnat to‘yi» o‘tkazildi. Tadbir jarayonida barcha to‘y bolalarga ehtiyojiga yarasha pul, kiyim-bosh, o‘quv qurollari, o‘yinchoqlar ham hadya qilindi.

Bolalarning xursandchiliklariga shaharning katta-kichiklari, shuningdek, savobdan bebahra qolishni istamagan san’at ahllari ham sherik bo‘lishdi.

Ular qatorida manbamiz ham bo‘lib, tadbirdan to‘lqinlangancha ushbuni yozar ekan, prokurorga bergan va’dasida turmaganidan andak xijolatda ekanini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring