Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chiroqchi voqeasi»: Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqdi

«Chiroqchi voqeasi»: Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari iste’foga chiqdi

Bugun Qashqadaryo viloyati IIB binosida Chiroqchida kaltaklab o‘ldirilgan fuqaro voqeasi yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Brifingda aytilishicha, IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Samad Teriqulovich Turdiyev o‘sha voqea sodir bo‘lgandan keyin iste’foga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Chiroqchida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafoti etgani xabar qilingan edi. 

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov brifingda Chiroqchidagi voqeaga o‘xshash holatlar bo‘lganini inkor qilmay, 2019-yilda 133 nafar xodimga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring