Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 7 ming gektar hududda pista-bodom plantatsiyalari barpo etiladi

Qashqadaryoda 7 ming gektar hududda pista-bodom plantatsiyalari barpo etiladi

Foto:«Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori  qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Chiroqchi tumanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi.

Mazkur o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi, jumladan pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish hisoblanadi.

Bundan tashqari qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklaridagi 7 ming gektar hududda 2019–2020-yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblepixa) plantatsiyalari barpo etiladi.

Eslatib o‘tamiz, fevralda Orol dengizining qurigan qismida 2019-yil davomida 500 ming gektar hududda o‘rmonlar barpo etish bo‘yicha  Hukumat qarori qabul qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring