Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi chigal vaziyat bartaraf etilgani aytilmoqda

Qashqadaryodagi chigal vaziyat bartaraf etilgani aytilmoqda

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun, 21-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering kompaniyasi ishchilari aks etgan videolar tarqaldi. Videoda kompaniyaning Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi ob’yektlaridan birida ishchi-xodimlar tomonidan norozilik uyushtirilgani aks etadi.

Energetika vazirligi oshxonadagi monoblok tizimidagi texnik nosozlik oqibatida ishchilar kundalik ovqatlanishga kira olmagani va bu katta norozilik keltirib chiqargani aytilgandi.

Boshqa manbalarda kompaniya 3 oydan beri oylik maoshi bermayotgani sababli ishchilar norozilik namoyishi uyushtirishgani qayd etilgandi.

Tafsilotlarini bilish va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ, «Enter Engineering Pte. Ltd» rahbariyati voqea joyiga uchib ketishgani ma’lum qilingandi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, qurilish maydoniga Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat prokurori, milliy gvardiya va boshqa sektor rahbarlari, «Enter Engineering» kompaniyasi rahbari, Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» AJ vakillari yetib borgan.

Norozilik bildirgan ishchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ishchi-xodimlar tomonidan ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar joyida hal etilgan va tegishliligi bo‘yicha qarorlar qabul qilingan.

Ayni vaqtda vaziyat to‘liq barqarorlashgan bo‘lib, barcha masalalar ijobiy hal etilgani va ishchi-xodimlar o‘z ish joylariga qaytayotgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring