Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar yerda yotgani holatiga izoh berildi

Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar yerda yotgani holatiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati  Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanseri ekanligi aytilgan murojaatda ayrim bemorlar yerda uxlayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi.

Viloyat SSB mazkur holat yuzasidan munosabat billdirib, holat joriy yil 4-iyul kuni sodir bo‘lganini va bu ushbu dispanser tozalik xodimasi M.X. tomonidan tasvirga olinib, muassasa bosh shifokoriga taqdim etganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 5-iyul kuni dispanser jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokoma qilingan va bunga yo‘l qo‘ygan 4 nafar xodimga tegishli tartibda intizomiy chora ko‘rilgan.

Shuningdek, viloyat SSB videomurojaatda keltirib o‘tilgan «qo‘li shikastlangan bemor ayol» bo‘yicha ham holatni o‘rgangan.

Aniqlanishicha,  57 yoshli bemor ayol E.S.  dispanserda «D» hisobda turadi. 2-guruh nogironi, 2022-yil 1-apreldan hozirgi  kunga qadar bu muassasada yotib, davolanib keladi. U joriy yil 3-iyun kuni yiqilib tushgan. Shu kuni chap qo‘l kaft sohasi rentgen qilinib, travmatolog shifokorga ko‘rsatilgan. Unga «chap qo‘l 4-barmoq o‘rta falangasining yopiq sinib siljishi» tashxisi qo‘yilgan. Bemorga mutaxassis tomonidan tegishli muolajalar qilingan.  2022-yil 27-iyun kuni bemorning qo‘li qayta rentgen qilinib, travmatolog shifokor nazoratidan o‘tkazilgan. Suyaklari bitganligi sababli bog‘lov yechilgan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

«Dispanser binosi 2021-yil aprelda foydalanishga topshirilgan. 150 o‘ringa ega bo‘lgan muassasada bemorlarning davolanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan», – deyiladi viloyat SSB munosabatida.

SSB, shunningdek, «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra ruhiyati buzilgan bemorlarni ularning o‘zi hamda qonuniy  vakilining ruxsatisiz  foto, video yoki kino tasvirga olish mumkin emasligi haqida eslatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring