Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘mita raisiga hayfsan, vazirga ogohlantirish berildi

Qo‘mita raisiga hayfsan, vazirga ogohlantirish berildi

Abdurahmon Abduvaliyev hamda Botir Zokirov.

4-yanvar kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomitdinov raisligida Vazirlar Mahkamasida 2020-yil yakunlari hamda 2021-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha prezidentga axborot berilgan. Bunga asosan davlat rahbari uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliyevni ishda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari, berilgan ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqarmagani uchun lavozimidan ozod qilgan.

Bundan tashqari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevga hayfsan e’lon qilingan hamda qurilish vaziri Botir Zokirovga ogohlantirish berilgan.

Abdurahmon Abduvaliyev 6 oy ichida ko‘rsatilgan kamchiliklarini bartaraf etmasa, lavozimida qolish masalasi ko‘rib chiqilishi aytildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring