Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qulagan uy sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya ish boshladi

Qulagan uy sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya ish boshladi

Foto: FVV

Jizzax shahrida «Chorvador-Qorako‘l-Baraka» MChJ tomonidan qurilayotgan 6 qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi, deya xabar berdi O‘zA.

Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 17:10 da Jizzax shahar, «Zilol» MFY, Mustaqillik ko‘chasida «Chorvador-Qorako‘l-Baraka» MChJ tomonidan qurilayotgan 6 qavatli qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan.

Shu bois, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan.

Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Hukumat komissiyasi bugundan o‘z ishini boshlagan, deyiladi xabarda.

Avvalroq Bosh prokuratura rasmiy bayonot bilan chiqqani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring