Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon oyida O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

Ramazon oyida O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

Foto:«Gazeta.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 19-may holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha


Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi.

Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jizzax shaxri Markaziy dehqon bozori hamda «Chorsu» dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 33 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Namangandagi «Sardoba» dehqon bozorida qayd etildi – 13 000so‘mdan – 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 so‘m.


Guruch

4 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar «Siyob» dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozorida kuzatilgan – 6 000 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi «Farhod» dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poyxtaxtdagi «Mirobod» dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi «Farhod» bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi «Mirobod», «Farhod» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un «Mirobod» dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 500 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining «Mirobod», «Farhod» hamda «Qo‘yliq» dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri «Sahovat» MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozori, Namangan shahri «Sardoba» dehqon bozori, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori, Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida hamda Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Eng arzon narx Qashqadaryoning Qarshi shahri «Yerqo‘rg‘on» dehqon bozorida qayd etildi 350 so‘mdan 400 so‘mgacha.

1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 450 – 700 so‘mgacha.


Kartoshka

1 000 so‘mdan – 4 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Farg‘ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi «Chorsu» dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 4 000 so‘mgacha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring