Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rejissyor Hamdamovning uyini o‘g‘ri urdi

Rejissyor Hamdamovning uyini o‘g‘ri urdi

Foto: «Bersoantik.com»

Rossiyalik kinorejissyor Rustam Hamdamovning uyidan qiymati 300 ming rublga teng taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilgan. «Kp.ru» xabar berishicha, rejissyorning o‘zi eski tanishidan gumonsirayapti, ammo hammasiga tergov aniqlik kiritadi.

«Kp.ru» manbasiga ko‘ra, o‘g‘irlik sodir bo‘lgani haqidagi xabar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shanba, 19-oktyabr kuni kechki payt kelib tushgan. Rustam Usmonovichning aytishicha, bir hafta ilgari uning Moskvadagi Leontev tor ko‘chasida joylashgan kvartirasiga Roman ismli eski tanishi kelgan ekan.

Ular picha suhbatlashib o‘tirishib, tarqalishgan, ertasi kuni rejissyor qimmatbaho buyumlari kamayib qolganini payqab qolgan. Qutichadan o‘g‘irlangan ko‘hna zirak, yoqut ko‘zli uzuk, toshlar qadalgan to‘g‘nog‘ich, brilliant qaldirg‘ochli soat — 75 yoshli pensioner uchun anchayin katta yo‘qotish.

Hamdamov boshqa xonada paytim mehmon paytdan foydalanib, taqinchoqlarni o‘g‘irlab olgan, degan gumonda. Tergov davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Rustam Hamdamov 1944-yilning 24-may kuni Toshkentda tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ayni paytda Rossiya Federatsiyasi fuqarosi. Kinorejissyor, ssenariynavis, rassom. Butunittifoq davlat kinematografiya institutini tugatgan. Ko‘plab ssenariylar yozgan, 1960-yillarda mashhur «Tog‘lardadir mening yuragim» qisqa metrajli filmini suratga olgan. Qolaversa, u iste’dodli rassom sifatida ham mashhur. 2003 yili asari hali hayotligi chog‘i Ermitajdan joy olgan ilk rossiyalik rassom bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring