Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada 18 yil bedarak ketgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada 18 yil bedarak ketgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Asli Toshkent shahridan bo‘lgan fuqaro P.K 2003 yilda Rossiyaga ishlash maqsadida ketadi. Ma’lum bir vaqtdan keyin salomatligi yomonlashib, insult bo‘lishi natijasida yaqinlari bilan aloqasi uziladi.

Oradan 18 yil o‘tib, fuqaro Samara shahridan topildi. Uning shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz, ishsiz, boshpanasiz ko‘chada yashab yurganligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir surxondaryolik yurtdoshimiz I.T Samara shahrida sog‘ligi yomonlashib, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi va pasportining yo‘qolishi natijasida murakkab vaziyatga tushib qolgani haqida murojaat kelib tushgan.

Ushbu fuqarolarga mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan «Vatanga qaytish guvohnomasi» rasmiylashtirib, Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Qozon-Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti mas’ul xodimlari va yaqin qarindoshlari kutib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring