Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik yana o‘sayotgani aytildi

Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik yana o‘sayotgani aytildi

Foto:«Gazeta SPb»

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov Rossiyada migrantlar orasidagi jinoyatchilik borasidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning bir qator sub’yektlarida migrantlar orasida jinoyatchilik o‘sayotgani va shu munosabat bilan hududiy rahbarlar qo‘shimcha choralar ko‘rishi lozimligini ma’lum qillgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Murmansk va Amurda ishlayotgan chet el fuqarolari tomonidan 2020 yilning iyul oyida jamoat tartibini buzish holatlari qayd etilgan.

Medvedevning ta’kidlashicha, ishsiz qolgan migrantlar ishtirokidagi jinoyatchilik darajasi yana oshishi mumkin. Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlarida joylar yetarli emas va bu migrantlarni deportatsiya qilishda qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2020 yil iyul oyining boshida pandemiya paytida mamlakatda ishsiz qolgan migrantlar o‘rtasida jinoyatchilik pasayganini ma’lum qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring