Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Dunyoga yangi O‘zbekistonni namoyish eta olamiz»

Saida Mirziyoyeva: «Dunyoga yangi O‘zbekistonni namoyish eta olamiz»

Foto: «Facebook»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imidji haqidagi mulohazalarini yozdi. 

«Bugun biz Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish va har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.

Ma’lumki, hozirgi globallashuv sharoitida ijobiy imij har qanday davlat rivojida muhim o‘rin tutadi.

Foto: «Facebook»

Qizg‘in munozaralar chog‘ida milliy brend va mamlakat imijiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, investitsiya muhiti, savdo va biznes erkinligi, davlat boshqaruvining samaradorligi, milliy merosni asrash, inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi» deb fikrini bayon qilgan Mirziyoyeva.

«Maqsadimiz — O‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga katta imkoniyatlar mamlakati sifatida tanishtirish, diyorimizning noyob salohiyatini ochib berish.

Albatta, bu oson ish emas. Lekin ishonchim komilki, kuchli jamoamiz sa’y-harakatlari va davlat idoralari bilan hamkorlikdagi ishimiz tufayli biz yuksak natijalarga erishamiz, dunyoga yangi O‘zbekistonni namoyish eta olamiz!» deya fikrini yakunlagan AOKA direktori o‘rinbosari. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring