Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyevaning savoli 100 mln so‘m egasini hal qildi

Saida Mirziyoyevaning savoli 100 mln so‘m egasini hal qildi

Foto: «Xushnudbek.uz»

11 mart kuni Toshkent shahri va viloyati bilimdonlari o‘rtasida Zakovat breyn-ring musobaqasi final va 3-o‘rin uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. Zakovat turniri 28 fevral kuni start olgan bo‘lsa, 6-7 mart kunlari saralashning keyingi bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

«Zakovat» turnirlari uchun 1 mlrd 690 mln so‘m ajratilgan. Toshkent shahri va viloyati o‘yinlari uchun ajratilgan yutuq fondi esa 130 million so‘m.

  • 1-o‘rin: 100 mln so‘m
  • 2-o‘rin: 20 mln so‘m
  • 3-o‘rin: 10 mln so‘m

3-o‘rin uchun «Metsenat» – «Espero» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Qiziqarli davom etgan bahsda «Espero» qiyinchilik bilan 2:1 hisobida «Metsenat»ni mag‘lub etdi.

Final bahsida tajribali Farrux Rafiqov jamoasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xodimlaridan tashkil topgan «Ksenofont shogirdlari» jamoasiga qarshi o‘ynadi. O‘yin qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Farrux Rafiqov jamosi birinchi turdan so‘ng 1:0 hisobida oldinda edi. Ikkinchi tur yakunida 1 ta savol berilishi va unda Farrux Rafiqov jamoasi topsa o‘yin muddatidan avval yakunlanishi mumkin edi.

Tajribali boshlovchi Abdurasul Abdullayev so‘nggi savolni tashkilotchilardan bo‘lgan Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyevadan berilishini so‘radi. Mirziyoyevaning savoli «Zakovat» finalida 100 mln egasini hal qildi. Final bosqichi g‘olibi Farrux Rafiqov jamoasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi «Zakovat» musobaqasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring