Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIB samarqandlik avtoblogerning mashinasi yoqib yuborilishi bo‘yicha ish ochdi

IIB samarqandlik avtoblogerning mashinasi yoqib yuborilishi bo‘yicha ish ochdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Samarqandlik avtobloger B.ning transport vositasiga o‘t qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, 16-dekabr kuni fuqaro M.B. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIBga ariza bilan murojaat qilgan va shu kuni soat 02:30 larda o‘zining yashash uyi yonida bo‘lgan avtomashinasi noma’lum shaxs tomonidan yoqib yuborilganligini ma’lum qilib, ushbu noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qism «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring