Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SANTO kompaniyasi jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

SANTO kompaniyasi jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

SANTO kompaniyasi bir guruh jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv tashkil etdi. Maqsad mazkur kompaniya faoliyati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlarini keng tanishtirish bo‘ldi. 

Kompaniya Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlarida faoliyat yurituvchi Polpharma xalqaro farmatsevtika guruhi tarkibiga kiradi. Qozog‘iston va Markaziy Osiyo bozorlari uchun yuqori sifatli arzon dori vositalarini ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Uning Qozog‘istonda zavodi, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda vakolatxonalari bor. SANTO kompaniyasining vakolatxonasi mamlakatimizda joriy yilning 1-yanvarida ochilgan.

Chimkentda joylashgan zavod 17 gektar hududni egallaydi, bu yerda asosiy va yordamchi ishlab chiqarish quvvatlarining GMP standartlariga muvofiq faoliyat yuritishi uchun barcha zarur maydonlar, shuningdek, yanada rivojlantirish uchun zaxira hududlar mavjud. Qozog‘iston bo‘ylab xodimlar soni 1200 nafardan ortiq. Zavod nafaqat ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarmoqda, balki ularni yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga ham faol eksport qilmoqda.

2019 yilda Polpharma guruhi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida ilgari ro‘yxatdan o‘tmagan dori vositasini o‘zaro tan olish bo‘yicha ro‘yxatga olish guvohnomasini oldi.

2020 yil noyabr oyida Chimkentdagi SANTO zavodi rekord miqdorda, ya’ni 9,7 million paket tayyor dori vositalari ishlab chiqardi.

Kompaniya odamlarga o‘zlarini yaxshi his qilishlari, ko‘proq ishlashlari va uzoq umr ko‘rishlari uchun sog‘lom bo‘lishga yordam berishni shior qilib olgan.

Uchrashuvda jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring