Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar forumini doimiy tarzda o‘tkazishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar forumini doimiy tarzda o‘tkazishni taklif etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga yig‘ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Toshkentdagi «Humo Arena» saroyiga kelganlar va hududlardagi ishtirokchilar o‘z fikrlarini, taklif va mulohazalarini bayon etdi.

Davlatimiz rahbari barcha dolzarb tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ular bo‘yicha mutasaddilarga shu yerning o‘zida ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

-Forum davomida sizlar bilan suhbatlashgan vazirlar menga savollaringni, fikrlaringni aytib berdi. Davlat idoralari rahbarlari yoshlarning muammolarini ota-ona bo‘lib, yuragidan o‘tkazib, tizimli shug‘ullanmagani haqiqat. Endi hamma rahbarlar yoshlarning ovozini eshitadi, talablarini amalga oshiradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz forum davomida bildirilgan fikrlar har tomonlama tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’kidladi.

– Men sizlarga bir sirimni aytaman: hududlarga borganda ko‘proq yoshlar bilan uchrashishga, ular bilan gaplashishga harakat qilaman. Chunki men sizlarday ko‘zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman. Sizlar shunga munosibsizlar, – dedi Prezident.

Forumda «Humo Arena» saroyiga kelgan 3 ming 300, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

– Bugun tarixiy uchrashuvimiz. Kelinglar, bu doimiy bo‘lib qolsin. Xalqimiz mehr ko‘zda degandek, bir-birimizga mehrimiz abadiy bo‘lsin, – deya so‘zini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.

Forum ishtirokchilarining mamlakatimiz yoshlariga murojaati qabul qilindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring