Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etadi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring