Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev o‘ziga qarshi qilingan fitna haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘ziga qarshi qilingan fitna haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kuni kecha samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev yoshlarga murojaat qilib, hayot sinovlarida yengilmaslikka, doim kurashishga chaqirdi va o‘zi boshidan o‘tkazgan voqealar, unga qarshi qilingan harakatlar haqida gapirib berdi.

Xususan, Eron Prezidentining tashrifi doirasida Mirzo Ulug‘bekka qo‘yilgan haykalning ochilish marosimidan 3 soat oldin hokim bo‘lib ishlayotgan Mirziyoyevni ishdan olish uchun atayin haykalning boshini kesib ketishgan.

«Gap faqat Mirziyoyevning ishdan olinishida ham emasdi, gap O‘zbekistonning sharmanda bo‘lishida edi. Tasavvur qiling, 2 ta Prezident kelsayu, haykalning boshi bo‘lmasa, Vatanimiz obro‘si nima bo‘lardi?», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari so‘zini davom ettirar ekan, ushbu favqulodda vaziyatga tushib qolgach, qanday qilib bundan chiqib ketganini yig‘ilganlarga gapirib berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring