Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga ta’ziya bildirdi

Samolyot halokatga uchragan joy

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, erta tongda, mahalliy vaqt bilan soat 07:22da Qozog‘istonning Olmaota shahridan uchib ketish chog‘ida «Bek Eyr» aviakompaniyasiga qarashli samolyot balandlikni yo‘qotgani va beton to‘siqni buzib o‘tib, ikki qavatli binoga borib urilgani xabar qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jabrlangan, 10 kishining ahvoli juda og‘ir deb baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring