Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xitoy yetakchisi Si Szinpin Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi.

«Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan o‘z nomimdan Sizni va Siz orqali O‘zbekiston hukumati va xalqini Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Keyingi yillarda Xitoy-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy rivojlanish tendensiyasi saqlanib turibdi. Siyosiy o‘zaro ishonch muttasil mustahkamlanmoqda, «Bir makon, bir yo‘l»ni birgalikda amalga oshirishda salmoqli natijalarga erishildi, mamlakatlarimiz xalqaro maydonda faol va samarali hamkorlik qilmoqda. Bularning barchasi Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirishda keng istiqbollar ochmoqda. Xitoy va O‘zbekiston koronavirus epidemiyasiga qarshi birgalikda kurashishda bir-birini qo‘llab-quvvatlab, yaqindan hamkorlik qilayotgani ikki tomonlama aloqalarda yuksak darajaga erishilganini namoyish etmoqda. Men buni yuksak qadrlayman» -, deyiladi Xitoy rahbari tabrigida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring