Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryo postida har biri 100 ming dollarlik noyob Qoshg‘ar vazalari ushlab qolindi

Sirdaryo postida har biri 100 ming dollarlik noyob Qoshg‘ar vazalari ushlab qolindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Ushbu Qoshg‘ar chinni vazalari  XVII-XVIII asrlarga mansub. Bo‘yi salkam 62 sm. Har birining qiymati 100 ming AQSh dollariga baholangan.

2019-yil 21- oktyabr kuni «Sirdaryo» chegara-bojxona posti orqali noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotganda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ushlab qolingan.

«Sirdaryo» chegara bojxona postiga «Lasetti» avtomashinasida kirib kelgan fuqaro X.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortadi.

Shundan so‘ng avtomobil va uning tirkamasidagi yuklar haydovchi va xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan, 32 dona turli ko‘rinishdagi haykallar, 1 dona ikona, 1 dona xoch, 12 dona ko‘za hamda 1 dona vazalarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu madaniy boyliklar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Xitoy davlati hamda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligi va ularning umumiy qiymati 2 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring