Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryo va Namanganda firibgarlar ushlandi

Sirdaryo va Namanganda firibgarlar ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida firibgarlik jinoyatlari fosh etildi.

Sirdaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, «Ta’mirlash-tiklash xizmati» DUKda bosh mutaxassis bo‘lib ishlovchi, 1986-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Mirzaobod tumanida o‘zining nomiga tashkil qilingan anorchilikka ixtisoslashtirilgan «Nuriddin asl mevalari» fermer xo‘jaligining 2,7 gektar yer maydonini tuman hokimligidagi tanishlari orqali Guliston tumanida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 66 mln. so‘m olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Yangiyer shahridagi «Antilyuks» MChJda ish yurituvchi vazifasida ishlovchi, 1979-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro hokimiyat, bank va kadastr tashkilotlarida ishlovchi tanishlari orqali Yangiyer shahrida yashovchi fuqaroga imtiyozli ravishda namunali uy olib berishini va xususiy bog‘cha qurish uchun 10 sotix yer maydoni ajratishda amaliy yordam ko‘rsatishni va’da qilib, buning uchun 2500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

O‘zbekiston temir yo‘llari AJga qarashli «O‘zvagonta’mir» AJ «Xovos vagonlarni ta’mirlash deposi» ishchisi temir yo‘l sohasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni Toshkent temir yo‘l vakzalining qo‘riqlash otryadiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, Namangan davlat universiteti doktoranti, 1987-yil Chust tumanida tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroni 2000 AQSh dollari evaziga Qirg‘iz Respublikasi OTMlarining biriga o‘qishga kiritib qo‘yishini hamda 2021-2022-o‘quv yilida Namangan davlat universitetiga o‘qishini ko‘chirtirib berishini aytib turmush o‘rtog‘i vositachiligida so‘ralgan pulni olgan vaqtida DXX Namangan viloyati boshqarmasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu shaxs bunday ishlarning hadisi olganlardan shekilli, o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etayotgan bir vaqtda ham jinoiy qilmishlarini davom ettirgan. Aniqrog‘i, boshqa bir fuqaroga Ukrainaning Xarkov milliy universitetidan o‘qishini Namangan davlat universitetiga ko‘chirtirib berishni va’da qilib, evaziga 800 AQSh dollari va 2 mln. so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. U ushbu fuqarodan oldin ham 2000 AQSh dollari olgan ekan...

Xabarga ko‘ra, aniqlangan barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring