Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sovuq ob-havo ortga chekina boshlaydi, hafta oxirida esa...

Sovuq ob-havo ortga chekina boshlaydi, hafta oxirida esa...

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekiston hududlari ustidagi antitsiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlanadi, respublikaning barcha hududlarida ob-havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha biroz ko‘tariladi.

24-25-noyabrda respublika hududlariga Qozog‘iston hududlaridan yana havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, lekin bu massalar avvalgisiga o‘xshab uncha sovuq bo‘lmaydi. Ushbu havo massalari natijasida 24-noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 25 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ob-havo bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 24-noyabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 darajagacha iliq, 25 noyabrda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 darajagacha iliq bo‘ladi.

26-noyabrda antitsiklon periferiyasi ortga chekinadi, O‘zbekiston hududlariga deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Respublikada yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kechasi sovuq biroz kuchsiz bo‘ladi va 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi havo harorati 7-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu haroratning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.

27-noryabrda respublikaning shimoliga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalarini kirib kelishi bilan ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin, qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari manfiy qiymatlargacha biroz ko‘tariladi, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida, janubda 11-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

28-noyabrda bu sovuq havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 noyabrda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuqdan 2 darajagacha iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, bu me’yordan 5-7 darajaga kamdir. Respublikaning ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring