Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV: koronavirus bo‘yicha  1105 — «Call-center» 1003  bilan birlashtirildi

SSV: koronavirus bo‘yicha  1105 — «Call-center» 1003  bilan birlashtirildi

Foto: SSV

Yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan sharoitda aholining kasallik bilan bog‘liq savollariga o‘z vaqtida javob berish, tibbiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu tezda samara berib, aholidan kelayotgan murojaatlar oqimi bir tizimga tushishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish maqsadida tunu kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi 1105 qisqa raqamli «Call-center»ga murojaatlarning keskin kamaygani kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ayni paytga kelib, koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat biroz barqarorlashgani inobatga olinib, 1105 qisqa raqamli «Call-centyer» faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish va uning vazifalarini 1003 — «Call-markaz»iga yuklatish belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring