Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Suvsoz» oshirilgan narxda olgan pullarni aholiga qaytarishi lozim

«Suvsoz» oshirilgan narxda olgan pullarni aholiga qaytarishi lozim

Foto: «Suvsoz» DUK

Tijorat banklari va pochta aloqa bo‘linmalari ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni oshirilgan narxlarda qabul qilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Garchi narxlar faqat 10-maydan oshirilishi xabar qilingan bo‘lsa-da, shu vaqtgacha aholidan oshirilgan narxda pul olish holatlari uchragan.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi zudlik bilan bu holatni to‘xtatish hamda yangi narxlarni 10 maydan qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Suvsoz» davlat unitar korxonasi tomonidan yangi narxlar belgilangan muddatlardan boshlab qo‘llanilishi va bugungi kunga qadar oshirilgan narxlarda olingan to‘lovlar iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinishi majburiyati yana bir bor tasdiqlandi.

To‘lovlarning 10-mayga qadar oshirilgan narxlarda qabul qilinishi holatlari kuzatilgan taqdirda Qo‘mitaning (71) 241-58-64 raqami yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bog‘lanishingiz so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring