Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Svetlana Ortiqova bir haftadan buyon vodiyda. Xo‘sh?

Svetlana Ortiqova bir haftadan buyon vodiyda. Xo‘sh?

Yaqindan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangan Svetlana Ortiqova  bir haftadan buyon vodiy viloyatlarida yuribdi.

U aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida 11-16-noyabr kunlari Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida aholi bilan sayyor qabullar o‘tkazdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, S. Ortiqova  boshchiligidagi tizim xodimlari cayer qabullar davomida jami 283 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qildi. Ularning 85 tasi sud masalalari, 50 tasi prokuratura, 57 tasi ichki ishlar ish yurituviga hamda 91 tasi boshqa masalalarga oid murojaatlarni tashkil etdi.

Ushbu murojaatlarning ijrosi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Bundan tashqari, S.Artikova tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, ular uchun zarur bo‘lgan nogironlar aravachasi topshirildi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring