Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbir mavsumiy emas: viloyat prokurori har chorshanba yoshlar bilan uchrashmoqda

Tadbir mavsumiy emas: viloyat prokurori har chorshanba yoshlar bilan uchrashmoqda

Yoshlarga e’tibor har qachongidan kuchaydi. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev  mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazgan uchrashuvidan (2019-yil 27-dekabr) keyin bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

O‘sha uchrashuvda qator vazifalar belgilangach, mutasaddilar  amaliy harakatga tushishdi. Bu borada Andijon peshqadamlik qilayotganday. Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqaldiki, viloyat hokimi o‘z o‘rinbosarlaridan tortib, tuman va shahar hokimlarini vaqtincha vazifasidan chetlatdi va ularning o‘rniga yoshlarni tayinladi. Shu tariqa navqiron avlod vakillarida rahbarlik ko‘nikmasini shakllantirishga bel bog‘langan ko‘rinadi. Buyam bir tajribada. Albatta, har qanday yangilik jamoatchilik tomonidan birday qabul qilinavermaydi. Biroq natijalar baribir tajribalardan kelib chiqadi.

Andijon viloyati prokurori G‘ayrat Fozilov esa yoshlar bilan ishlashda an’anaviy yo‘ldan bormoqda (prokurorga shunisi ma’qul, negaki, viloyat hokimining tajribasini qo‘llashda unda imkoniyat ham, vakolat ham yo‘q). Ya’nikim, har haftaning chorshanbasini viloyat prokurorining yoshlar bilan uchrashuvi kuni deb belgiladi.

Shunga muvofiq, yoshlar bilan uchrashib, ularning bandligi, niyat-u muammolarini bevosita o‘zlaridan eshitmoqda. E’tiborlisi, bunday uchrashuvlar  viloyat prokuraturasining ko‘rkam va shinam binosida emas, balki joylarda uyushtirilmoqda. Shu choqqacha prokuror Jalaquduq, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari yoshlari bilan uchrashishga ulgurdi.

Qo‘rg‘ontepa tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tumandagi paxtachilik klasteri - «Khantex group» MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi va korxonada ishlash istagini bildirgan 12 nafar yoshlar shu kunni o‘zidayoq mazkur dargohga joylashtirildi.

Jalaquduqda yoshlar tumandagi harbiy qism xizmatchilarning faoliyati, jangovor tayyorgarligi, o‘quv dala mashg‘ulotlari, yashash sharoitlari, jangovor qurol-aslaha va texnika vositalari bilan yaqindan tanishtirildi hamda harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Xo‘jaobod tumanidagi uchrashuv «Bunyodkor zamin» xususiy korxonasida tashkil etildi. Unda asosiy e’tibor yoshlarning san’at va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishlariga e’tibor qaratildi. To‘rt nafar yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi, ishtirokchilarga esa o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalari qalamiga mansub yuzdan ortiq badiiy kitoblar tarqatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring