Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tadbirkorni homiylikka majburlama!» aksiyasi e’lon qilindi

«Tadbirkorni homiylikka majburlama!» aksiyasi e’lon qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Adliya vazirligi tomonidan «Adliya tadbirkorga do‘st» loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida «Tadbirkorni homiylikka majburlama!» shiori ostida tadbirkorlarni noqonuniy homiylik ishlariga jalb qilishga qarshi aksiya e’lon qilindi. Ushbu aksiya oktyabr oyi davomida o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Aksiya doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda hududiy adliya organlari tomonidan respublikaning barcha hududlarida so‘rovlar o‘tkazish, shuningdek, noqonuniy homiylikning barcha ko‘rinishlariga qarshi zarur chora-tadbirlarni ko‘rish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu Aksiya orqali tadbirkorlik sub’yektlarini homiylik va xayriya yordami ko‘rsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qo‘llash tahdidi ostida yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish holatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkaziladi.

So‘rovnomada anonim ravishda yoki shaxsingizni ko‘rsatgan holda ishtirok etishingiz mumkin.

Shaxsini ko‘rsatgan ishtirokchilarning tadbirkorlik huquqlarini tiklash yuzasidan zarur choralar ko‘riladi.

So‘rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring