Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim tizimidagi moliyaviy qonunbuzarlik 2,5 barobar oshib ketgan – Bosh prokuror

Ta’lim tizimidagi moliyaviy qonunbuzarlik 2,5 barobar oshib ketgan – Bosh prokuror

Foto: Xabar.uz

Bugun Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning hisoboti eshitilgani xabari berilgandi.

Bosh prokuror o‘z hisobotida ta’lim tizimidagi maoliyaviy qonunbuzarliklar, shuningdek, «snos»lar bilan bog‘liq ayrim holatlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra, 2019-yilda ta’lim sohasida tekshirilgan vazirlik va idoralarning 93 foizida 16,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan, bu ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshganini anglatadi.

Shu bilan birga, qonunlar ijrosiga bevosita mas’ul idoralar tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilmasligi joylarda ko‘plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.  Masalan, fuqarolarning uylari buzilishi munosabati bilan tegishli kompensatsiya pullarining o‘z vaqtida va to‘liq berilmasligi, daraxtlarning noqonuniy kesilishi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotir. Bu borada prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 2,3 trln. so‘m zararlar undirib berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring