Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli san’atkor Shavkat Mirzayev vafot etdi

Taniqli san’atkor Shavkat Mirzayev vafot etdi

Ustazoda san’atkor, taniqli sozanda va bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Shavkat Mirzayev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston xalq artisti Shavkat Mirzayev 1942 yil 10 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Uning san’atga kirib kelishida otasi, mashhur sozanda va bastakor Muhammadjon Mirzayevning ta’siri katta bo‘lgan.

U 1978 yildan boshlab, taniqli san’atkor, o‘zbek mumtoz ashulalar mohir ijrochisi Munojat Yo‘lchiyevaga ustozlik qilgan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring