Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva va’dasining ustidan chiqdi

Tanzila Norboyeva va’dasining ustidan chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Xorazmning Xozarasp tumanida yashaydigan Xolmirzayeva Nodira 20 yildan beri uysiz edi. Yolg‘iz boshi bilan 2 nafar farzandini tarbiyalayotgan ayol «Xabar.uz» saytiga murojaat qilgach, dastlab Xotin qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonovaga ushbu ayolga yordam berishlarini so‘rab ochiq xat, so‘ngra senat raisi Tanzila Norboyevaga maslahat xati bilan chiqildi.

O‘sha xatdan so‘ng Tanzila Norboyeva «Xabar.uz» sayti muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib, ayolning uysizligi masalasini shaxsan o‘zi nazoratga olishini bildirgan edi. Qolaversa, senat raisi Nodira Xolmirzayeva bilan bog‘lanib, ayolning sog‘lig‘i tiklanishiga ham ko‘mak berishini ta’kidlagandi. Shu vaqt oralig‘ida u bu va’dasini ham bajargan.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Nodira Xolmirzayevadan yana bir quvonchli xabar keldi. Unga  imtiyozli ravishda  uy olishi uchun 90 mln. so‘m pul ajratilibdi. Ayni paytda ko‘p qavatli uylarning 3-qavatidan 2 xonali uy 90 mln. so‘mga baholangan. Hozirda rasmiylashtirish ishlari boshlab yuborilgan. 

Mushtipar ayolning 20 yillik orzusi ushalganidan boshi osmonda. U o‘z xatida senat raisi T.Norboyevaga ham alohida minnatdorlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring