Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi ishlar vazirligi Singapurga bormoqchi bo‘lganlarga murojaat qildi

Tashqi ishlar vazirligi Singapurga bormoqchi bo‘lganlarga murojaat qildi

O‘zbekistonning Singapur Respublikasidagi elchixonasi mazkur mamlakat TIVga tayangan holda ma’lum qilishicha, Singapur immigratsiya va nazorat-o‘tish punktlari xizmati 2019-yil 14-avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxslar tomonidan mamlakatga kelishlaridan avval o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishlari bilan bog‘liq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021-yilgacha amaldagi hujjatlarni qog‘oz shaklida to‘ldirish tizimi o‘rnini egallaydi.

Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishlaridan oldin 14 kun ichida zarur shaklni to‘ldirishlari mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi o‘rnatilgan davlatalarning fuqarolari uchun viza olish bilan bog‘liq jarayonni bekor qilmaydi.

Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring