Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tez yordam»ga smartfon orqali murojaat yo‘llash yo‘lga qo‘yiladi

«Tez yordam»ga smartfon orqali murojaat yo‘llash yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning yakuniga qadar Toshkent «Tez tibbiy yordam»i 141 dona «Ford» rusumli reanimobilga ega bo‘ladi.

Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati yozmoqda. 

Ulardan 9 tasi hozirgi kunda poytaxtga yetkazib bo‘lingan. Reanimobillarning har biri zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, ularda kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, tibbiyot xodimlari ular orqali o‘ta og‘ir holatdagi bemorlarga yordam berish uchun boshqa shifokorlardan tezkorlik bilan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Butun O‘zbekiston bo‘ylab yangi tez tibbiy yordam reanimobillari paydo bo‘ladi

155 million dollarlik loyiha doirasida O‘zbekistonning barcha hududlarida mavjud bo‘lgan tez yordam transport avto zahirasini yangilash rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Huawei kompaniyasi bilan mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 

Tez yordamga smartfon orqali murojaat jo‘natish imkoni paydo bo‘ladi

Yangiliklar bu bilan cheklanmaydi. Bemorlar uchun mobil ilova ham ishlab chiqilishi kutilmoqda. U orqali bemor bevosita o‘z telefoni yoki smartfonidan tez yordamga murojaat jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordam stansiyasi faoliyatini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda. Ushbu tizimning ko‘plab vazifalaridan biri bemorlardan tushgan murojaatlarni ro‘yxatga olishdan iborat.

Hozirgi kunda ushbu tizimdan foydalanadigan ishchilarni o‘qitish ishlari olib borilmoqda. 1 dekabrdan boshlab ushbu tizim to‘liq ishga tushadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring