Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot xodimlari nega 6 mln. so‘mdan maosh olishmagani tushuntirib berildi

Tibbiyot xodimlari nega 6 mln. so‘mdan maosh olishmagani tushuntirib berildi

Foto: «Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga oid jinoyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir faktga e’tiborni qaratdi.

Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya markazining 2019-yilgi budjeti 28 mlrd. so‘mni tashkil etib, 31,3 mlrd. so‘m xarajat qilinishi va yillik moliyaviy faoliyat 3,2 mlrd. so‘m zarar bilan yakunlanishi prognoz qilingan. Xodimlarning o‘rtacha oyligi 1,2 mln. so‘mni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, Markaz binosining rekonstruksiyasiga budjetdan 5,9 mlrd. so‘m moliyalashtirilgan.

Agar, 15,3 mlrd. so‘m mablag‘ talon-toroj qilinmasdan, muassasaga kirim qilinganida hamda Markazda o‘tkazilgan xronometrajda qo‘shimcha aniqlangan kunlik 25 mln. so‘m tushum to‘liq hisobga olinganda, Markaz budjeti 22,6 mlrd. so‘mga ortib, 50,6 mlrd. so‘mga yetgan bo‘lar   edi.

Bu esa, xodimlar oyligini 5 baravar oshirib, o‘rtacha 6 mln. so‘mga yetkazish, Markaz binosining 5,9 mlrd. so‘mlik rekonstruksiyasini o‘z hisobidan amalga oshirish hamda yilni 9 mlrd. so‘m sof foyda bilan yakunlash imkonini berar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring