Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tibbiyotdagi «og‘riqlar»: raqamlar nima demoqda?

Tibbiyotdagi «og‘riqlar»: raqamlar nima demoqda?

Foto:«Medgadget.com»

Tibbiyot tizimidagi muammolar hamon og‘riqligicha qolmoqda. Buni Bosh prokuraturaning o‘tgan olti oy davomida ijtimoiy sohada qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tarqatilgan ma’lumotlar yana bir karra tasdiqlamoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra: «O‘tgan olti oyda prokuratura organlari tomonidan sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi yuzasidan 348 ta tekshirishlar o‘tkazilib,  natijasiga ko‘ra 3.147 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan». Ushbu raqamlar har bitta tekshirishda o‘nga yaqin qounbuzarliklar aniqlanganini bildiradi. har bir qonunbuzarlik esa, xohlaymizmi-yo‘qmi, bemor hayotiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi holat hisoblanadi.  

Qo‘llanilgan prokuror nazorati hujjatlari natijasida 2.220 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa,  qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 10 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Yarim millon so‘mdan ko‘proq aniqlangan  zararlar esa ixtiyoriy qoplatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring