Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talaba haqida axborot berdi

TIV Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talaba haqida axborot berdi

Foto:«Time.kz»

Kuni kecha ijtimoiy tarmoq va OAVlarda Rossiyada o‘zbekistonlik talaba sudga tortilgani xususida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ham mazkur voqeaga to‘xtalib o‘tdi. 

«2019-yilning 2-may kuni OAVda Rossiya gidrometrologiya universiteti 2-bosqich talabasi, O‘zbekiston fuqarosi M.Yuldashevning qo‘lga olinganligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. M.Yuldashev ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olmay kechki vaqtda gipermatketda sotuvchi bo‘lib ishlagan. 30-aprel kechasi xaridorga ustaraning qanday ishlashini ko‘rsatayotganda ustara uchi chiqib ketgan va xaridor ko‘ziga tekkan. Xaridorni kasalxonaga, hamyurtimizni qo‘lga olib politsiya bo‘limiga olib ketishgan.

Tuman sudida M.Yuldashevga 5000 rubl miqdorida jarima belgilash va Rossiya hududidan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ayni paytda M.Yuldashevga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 291-modda 3-bandi (mansabdor shaxsga pora berish) bo‘yicha jinoiy ish ham tekshirilmoqda»deyiladi xabarda.

Shuningdek, TIV xabariga ko‘ra, 2 may kuni mazkur vaziyat mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring