Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent hududi kengaytiriladi

Toshkent hududi kengaytiriladi

Foto: Xabar.uz

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan poytaxtning Toshkentning Sergeli, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hududi Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlari hisobiga 7,8 ming gektardan ko‘proqqa kengaytirildi. Bu haqdagi qaror 23 iyul kuni qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Hujjatga ko‘ra:

  • Sergeli tumani tarkibiga Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1827,1 gektar (shundan, 424,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari);
  • Bektemir tumani tarkibiga Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar (shundan, 154,2 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) va Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1134,2 gektar;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2294,6 gektar (shundan, 1090,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari);
  • Yashnobod tumani tarkibiga Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2107,4 gektar (shundan, 1002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni, jami 7853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahri tarkibiga qo‘shildi.

Bundan tashqari, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkazildi:

  • Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
  • Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazildi.

Kengash qarorida Toshkent shahri va viloyati tumanlarining yangi chegaralari tasniflab chiqilgan.

Endilikda Toshkent shahar hokimligining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring