Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalaridan birida transport vositalari harakati bir sutkaga cheklanadi

Toshkent ko‘chalaridan birida transport vositalari harakati bir sutkaga cheklanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

30 iyun kuni 16.00 da Toshkent shahrida Yoshlar kuni doirasida «Yoshlar-karting» ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqa shahar poygasi shaklida, 1,5 kmga yaqin masofada bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan, A.Temur shox ko‘chasining A.Temur hiyoboni aylanma yo‘lidagi qismi to‘liq, shuningdek, A.Temur shox ko‘chasining A.Temur hiyobonidan Istiqlol ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati 29 iyun kuni soat 21.00dan 30 iyun kuni soat 21.00 gacha cheklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring