Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yangi aeroport quriladi

Toshkent viloyatida yangi aeroport quriladi

Foto: «Norma.uz»

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 250-qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (xizmat) aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, «Toshkent-Sharqiy» aerodromi Mudofaa vazirligi tasarrufidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiga o‘tkazilgan. Kompaniya ayrim vazirliklar va idoralar bilan birgalikda «Toshkent-Sharqiy» aerodromining binolari, inshootlari va loyiha maydonini, shuningdek, qurilish zonasiga kirmaydigan hududlarni aniqladi. Aerodrom bazasida fuqarolik (xizmat) aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish ishlari boshlandi.

«Norma» nashrining xabariga ko‘ra, yangi aeroport qurilishi uchun nafaqat aerodrom binolari, inshootlarining tegishli hududi hamda ularda o‘rnatilgan uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalari, balki Mudofaa vazirligining 94 va 122-harbiy shaharchalari (Toshkent viloyati Qibray tumani), shuningdek, «Toshkent mexanika zavodi» AJning binolari hamda inshootlari tegishli hududi bilan ajratildi.

Aerodrom va harbiy shaharchalar hududida joylashgan, biroq qurilish zonasiga kirmaydigan obyektlar Toshkent viloyati hokimligiga tekin berildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31-martdan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring