Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda jinoyatni fosh etgan harbiy xizmatchilarga pul mukofoti beriladi

Toshkentda jinoyatni fosh etgan harbiy xizmatchilarga pul mukofoti beriladi

Foto: «Qalampir.uz»

Xabar berganimizdek, «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2018 yil 1 avgustdan boshlab Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga har oylik ish yakuni bo‘yicha patrullik hududida og‘ir va o‘ta o‘g‘ir jinoyatlarga bevosita chek qo‘yganligi, ularni aniqlaganligi yoki fosh etganligi, shuningdek, tergov va suddan yashiringan shaxslarni ushlaganligi uchun lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi zimmasiga Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining jamoat tartibini saqlashda namuna ko‘rsatgan xodimlariga mahalliy ishlab chiqarilgan arzon yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit berish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring