Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ko‘zi ojizlar maktabi bosh hisobchisi o‘ziga 77,6 mln. so‘m ortiqcha maosh yozdi

Toshkentda ko‘zi ojizlar maktabi bosh hisobchisi o‘ziga 77,6 mln. so‘m ortiqcha maosh yozdi

O‘zbekiston Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari joriy yil I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim budjet muassasalari tomonidan budjet mablag‘lari sarflanishida tizimli ravishda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Jumladan, Yashnobod tumanidagi Ko‘zi ojizlar maxsus maktab internatida bosh hisobchi tasdiqlangan shtatlar jadvalidagi o‘zining oylik lavozim maoshiga ortiqcha ish haqi qo‘shib yozishi natijasida budjetdan 77,6 mln. so‘m asossiz ortiqcha to‘lab yuborilgan.

Jizzax shahar 22-sonli umumta’lim maktabida haqiqatda ishlamaydigan 11 nafar fuqarolar nomiga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini, shuningdek mehnat ta’tili, mukofot va moddiy yordam mablag‘larining asossiz hisoblanishi va to‘lanishi natijasida 448,2 mln. so‘m budjet mablag‘lari asossiz sarflab yuborilgan.

Bo‘z tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida ham haqiqatda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblash yo‘li bilan 99,3 million so‘m, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida 65,3 mln. so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Kegeyli tumanidagi 1-son umumta’lim maktabida 54,7 mln. so‘m va Buxoro shahridagi 1-son umumta’lim maktabida 31,2 mln. so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lari haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga ish haqi hisoblanishi natijasida asossiz sarflab yuborilgan.

Sho‘rchi tumanidagi 10-son umumta’lim maktabida xodimlarining plastik kartochkalarga asossiz mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan 36,1 mln. so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Bulardan tashqari, Bog‘dod tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabida pudratchi «Farg‘ona sayqal servis» xususiy korxonasi tomonidan «Obod qishloq» dasturi doirasida bajarilgan ta’mirlash ishlari joyida nazorat o‘lchovidan o‘tkazilib, moliyalashtirish uchun taqdim etilgan hisob faktura ma’lumotlari bilan haqiqatda bajarilgan ishlar solishtirilganda 129,9 mln. so‘mlik bajarilmagan ish hajmlari qo‘shib yozilganligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring